Qo'ng'iroq ma'lumoti qanday saqlanadi va kim ko'radi

Mijoz ovozi va telefon raqami maxfiy ma'lumot. Quyida Dowo'da haqiqatan bor narsalar va bizda hozircha yo'q narsalar.

Saqlash va shifrlash

  • Har qo'ng'iroq yozuvi diskda AES-256-GCM bilan shifrlangan holda saqlanadi.
  • Saqlash muddatini kompaniya administratori belgilaydi.
  • Mijoz so'rasa, uning qo'ng'iroq ma'lumoti butunlay o'chiriladi.

Kim nimani ko'radi

  • Rollar: admin, operator, kuzatuvchi. Qo'shimcha 13 turdagi ruxsat xodimga alohida beriladi.
  • Ruxsat berilmagan bo'lim menyuda ham, tizimda ham ko'rinmaydi.
  • Kirishni begona IP dan cheklash mumkin.

Kirish himoyasi

  • Ikki bosqichli tasdiq (2FA) va zaxira kodlar.
  • Ko'p xato parol urinishidan keyin kirish cheklanadi, hisob vaqtincha qulflanadi.
  • Faol seanslarni ko'rish va tugatish mumkin.

Iz va nazorat

  • Audit jurnali: kim, qachon, nimani ko'rgani yoki o'zgartirgani, yozuvni tinglash ham.
  • Webhooklar imzolanadi, takror yuborilsa ikkilanmaydi.
  • Server javoblarida xavfsizlik sarlavhalari (HSTS, CSP) yoqilgan.

AI provayder haqida halol gap

Standart xizmatda AI javobi tashqi AI provayderi (Google Gemini) orqali ishlaydi: javob berish uchun suhbat ovozi va matni unga uzatiladi. Ma'lumot tashqariga chiqmasligi shart bo'lsa, Dowo o'z serveringizda ishlaydigan variant bor: shartlarini jamoa bilan kelishasiz.

Hozircha yo'q

  • ISO 27001 yoki SOC 2 kabi rasmiy tashqi audit sertifikati yo'q, shuning uchun biz uni da'vo qilmaymiz.
  • Ma'lumot qaysi mamlakat serverida saqlanishi shartnomada kelishiladi; talabingiz bo'lsa avval so'rang.

Maxfiylik siyosati

Xavfsizlik savolingiz bormi?

Savolingizni qoldiring, jamoamiz bir ish kuni ichida javob beradi.