Klinika va stomatologiya uchun AI qabul administratori
Qabulxona band bo'lganda yoki klinika yopilgach, bemor boshqa klinikaga qo'ng'iroq qiladi. Dowo qo'ng'iroqni ko'taradi, qulay vaqtga yozadi va ism-telefonni qoldiradi.
Karta kerak emas · 60 daqiqa AI suhbat
Suhbat namunasi (namuna)
MijozErtaga tish shifokoriga yozilmoqchiman.
AIAlbatta. Ertaga soat 11:00 va 15:30 bo'sh. Qaysi biri qulay? Ismingiz va telefoningizni ayting.
Mijoz15:30 bo'lsin. Tish og'riyapti, nima ichsam bo'ladi?
AIDori tavsiya qila olmayman, buni shifokor hal qiladi. Sizni 15:30 ga yozib qo'ydim; og'riq kuchaysa, shu raqamga qayta qo'ng'iroq qiling, operatorga ulayman.
Shu sohada eng ko'p keladigan qo'ng'iroqlar
- Shifokorga yozilish va bo'sh vaqtlar
- Ko'rik va tahlil narxi
- Shifokorlar va qabul kunlari
- Tahlilga tayyorgarlik (masalan ochlik qoidasi)
- Yozilishni ko'chirish yoki bekor qilish
Dowo operatorga topshiradigan holatlar
- Tashxis, dori yoki tahlil natijasini sharhlash so'ralsa: AI aytmaydi, shifokorga yo'naltiradi
- Shoshilinch alomat (masalan nafas qisilishi): tez yordamga yo'naltiradi va operatorga ulaydi
- Kelishilmagan chegirma yoki sug'urta savoli
Boshlash uchun nimani tayyorlaysiz
- Xizmatlar va narxlar ro'yxati
- Shifokorlar, mutaxassisligi va qabul kunlari
- Yozilish va bekor qilish qoidalari
- Tahlilga tayyorgarlik qoidalari
Qanday ishlaydi
Dowo javobni faqat siz yuklagan ma'lumotdan aytadi. Bazada javob yo'q bo'lsa, o'ylab topmaydi: operatorga ulaydi va savolni "javobsiz savollar" ro'yxatiga yozadi. Siz u yerdan javobni bazaga qo'shasiz.
Savollar
AI bemorga tibbiy maslahat beradimi?
Yo'q. Klinika shablonida tashxis, dori tavsiyasi va tahlil sharhi taqiqlangan; bunday savolda AI shifokorga yo'naltiradi. Shoshilinch alomatda tez yordamga murojaat qilishni aytadi.
Yozilish jadvalimizga ulanadimi?
AI ismi, telefoni va qulay vaqtni yozib oladi va qabulxonaga vazifa qoldiradi. Tashqi jadval tizimi bilan ulash webhook va API orqali sozlanadi.