O'quv markazi uchun AI qabul xodimi
Yangi guruh boshlanayotganda telefon tinmaydi, kechqurun esa javob beradigan kam odam qoladi. Dowo kurs, narx va jadvalni aytadi va sinov darsiga yozadi.
Karta kerak emas · 60 daqiqa AI suhbat
Suhbat namunasi (namuna)
MijozIngliz tili kursi qachon boshlanadi, narxi qancha?
AIYangi guruh 1-dekabrdan boshlanadi, haftada 3 marta, oyiga 600 000 so'm. Bepul sinov darsiga yozib qo'yaymi?
MijozHa, yozing.
AIIsmingiz va telefoningizni ayting, qabul bo'limi sizga dars vaqtini tasdiqlaydi.
Shu sohada eng ko'p keladigan qo'ng'iroqlar
- Kurs narxi va davomiyligi
- Guruh qachon boshlanadi, dars kunlari
- Sinov darsi va daraja testi
- Bolaga qaysi guruh mos
- To'lov va chegirmalar
Dowo operatorga topshiradigan holatlar
- Natija yoki ball kafolati so'ralsa: AI kafolat bermaydi, qabul bo'limiga ulaydi
- Individual jadval va maxsus chegirma
- Ota-onaning shikoyati
Boshlash uchun nimani tayyorlaysiz
- Kurslar, narxlar, dars kunlari
- Yangi guruhlar boshlanish sanasi
- Sinov dars va daraja testi qoidasi
- To'lov va chegirma shartlari
Qanday ishlaydi
Dowo javobni faqat siz yuklagan ma'lumotdan aytadi. Bazada javob yo'q bo'lsa, o'ylab topmaydi: operatorga ulaydi va savolni "javobsiz savollar" ro'yxatiga yozadi. Siz u yerdan javobni bazaga qo'shasiz.
Savollar
AI o'qish natijasiga kafolat beradimi?
Yo'q. O'quv markazi shablonida natijaga kafolat berish taqiqlangan: bunday savolda AI qabul bo'limiga yo'naltiradi.
Ota-onaning ma'lumoti qayerga tushadi?
Ism va telefon lid sifatida sizning panelingizga tushadi va faqat ruxsati bor xodimlarga ko'rinadi.